Telegram
Recent public posts from this Telegram channel.
Қорин қўйиш жинсий фаолиятга қандай таъсир қилади?
— Семизликдан яъни ортиқча қорин ёғларидан қандай тез халос бўлиш мумкин. Қорин қўйиш, семизлик, тана вазни индексининг бузилиши жинсий фаолиятга қандай таъсири бор?
Йиллаб йиғилган ортиқча вазн ва қорин ёғларидан тезгина халос бўлиш бошидан нотўғри ният, савол ва мақсад. Бирданига организмда норма бўлиб қолган «нонормал» балансни организм розилигисиз ва уни тайёрлашларсиз бузилса, организм рухсат олинмаганлиги сабаб «жаҳли чиқади». Шунинг учун организм берухсат йўқотилган вазн ва бузилган баланс учун «қасд» олади ва йўқотилган 1 кг вазн ўрнига 1 неча кг вазн оласиз. Демак янада семириб кетасиз. Вазнни соғлом ва хавфсиз ҳолда секин ташланади.
Ортиқча вазн ёки семизлик эркаклик ва эркак саломатлиги кушандаси ҳисобланади. Ортиқча вазн ва семизлик, айниқса семириш қорин типида бўлса, суст эрекция, шаҳват сусайиши ва жинсий заифликда етакчи роль ўйнайдиган сабаблардан.
Тавсиямиз, тана вазнини секин ташлаш керак. Айниқса қорин турида семириш бўлса, бу саволга янада жиддий ва сабот билан ёндашиш керак. Қорин турида семириш энг хавфли ва асоратли семизлик туридир.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
📞Qabulga yozilish uchun:
+998(97)566-00-03
📍Manzil: Qo‘qon sh, Yangi hayot 56А
Mo’ljal: Shahar, Ichki ishlar idorasini orqasi
Ijtimoiy sahifalarimizga obuna bo'ling 👇
📱Instagram |🕊Telegram | 📺YouTube
ТЕСТОСТЕРОН МИҚДОРИНИ ҚАНДАЙ КЎТАРИШ МУМКИН
ТЕСТОСТЕРОН гормони эркаклик ва доминантлик хусусиятларини белгилаб беради. Тестостеронсиз эркакни ўқсиз «қуролни» кўтариб юрган аскарга қиёслаш мумкин. Гормонал жихатидан айнан тестостерон эркак ва аёл кишини тавофутлайди. Афсуски ёш ўтган сайин бу гормоннинг миқдорини камайиб бориши кузатилади ва ўз вақтида бир қатор муаммоларни, шу жумладан эректил дисфункцияни келтириб чиқаради. Қуйида тестостеронни турли химиявий воситалардан ташқари кўпайтириш йўллари хақида гапирилади.
Овқатланиш
Овқатланиш режимини тўғри ташкил қилиш тестостерон ажралиб чиқарилишида мухим ўрин тутади. Бу гормонни синтезланиши учун организмга рух ва магний каби микроэлементлар шунингдек, холестерин керак бўлади. Айрим махсулотлар эса масалан карам ва тухум хом холатида эстрогенларни организмдан чиқариб ташлаб, тестостерон/эстроген балансини яхшиланишига олиб келади.
Нонуштага:
• Учта тухумни (сариғи билан) қовуриб ейиш, тестостерон хосил бўлиши учун етарли даражада ёғ ва холестерин тутади.
Тушликка:
• Исмалоқ ва ош кўклардан салат – магний ва рух манбаси.
• Гўшт – оқсил ва холестерин манбаси. Оқсил мускул массасини кўпайтиради. Мускуллар қанча кўп бўлса тестостерон шунча кўп бўлади.
• Ёнғоқ – кўп миқдорди керакли холестерин тутади.
• Авокадо ва зайтун - «яхши» ёғлар манбаси.
• Брокколи – индол манбаси бўлиб, у қонда аёллар гормони миқдорини пасайтиради.
• Зайтун мойи – салатга қўшиб истеъмол қилинса холестеринни ўзлаштирилишида мухим роль ўйнайди.
Кечки овқатга исталган нарса, фақат тестостерон балансига таъсир этмаса бўлгани.
• Оқсил ва ёғга бой таомлар.
• Углеводсиз пархезга ўтиш маън қилинади.
Енгил тамадди учун махсулотлар: ёнғоқ, ошқовоқ уруғи, аччиқ шоколад.
Алкогол.
Ичиш маън этилади. Ароқ хам, пиво хам тестостеронни камайтиради.
Озиш.
Эркаклар организмидаги ортиқча ёғ клетчаткаси эстрогенлар (аёллар гормони) манбаси хисобланади. Ортиқча сантиметр ва килограммлардан қутулиш тестостерон миқдорини ортишига олиб келади.
Машғулотлар
Жисмоний харакатлар тестостерон миқдорини кўпайтиради. Скелет мускул тўқимасини ўсиши ва ёғларни эриши тестостеронни кўпайтиради.
Зардобли протеин
Жисмоний машғулотлар хақида гап кетганда албатта протеин хақида гапириб ўтишни лозим топдик. Зардобли протеин оқсилга бўлган кунлик эхтиёжни тўлдиради. Оқсилнинг кўплиги мускуллар ўсишини таъминлайди ва ўз навбатида тестостеронни кўпайтиради.
Кофеин
Машғулотлардан олдин 100 мг кофеинни истеъмол қилиш тестостеронни кўпайишини таъминлайди.
Витаминлар
Витамин D3 – аслида витамин эмас, одам организми томонидан қуёш нури таъсирида синтезланувчи гормон хисобланиб, тестостеронни кўпайтиради. Бекорга қуёш нурига бой ўлкаларда яшовчи эркакларнинг темпераменти юқори бўлмайди.
Омега-3
Балиқ ёғи (омега-3) тестостерон миқдорини кўпайтиради.
Уйқу
Организмда тестостерон синтези уйқу пайтида рўй беради. Кундалик эрталабки erectio организмда бу гормонни етарли эканини билдиради. Сурункали уйқусизлик тестостерон ишлаб чиқарилишида муаммо туғдиради. Кунда 5 соатдан кам ухлаш 15% тестостеронни камайди дегани.
Хулоса
Шундай килиб тестостеронни кўтариш учун:
• Овқат рационига кўпроқ ёғ ва холестеринни қўшинг.
• Алкоголдан узоқроқ юринг.
• Жисмоний машғулотлар билан шуғулланинг.
• Витамин D, балиқ ёғи ва зардобли протеин истеъмол қилинг.
• Суткасига 7-8 соат ухланг;
• Стресс омилларидан узоқроқ юринг;
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
#архив 📌
O‘g‘il bola jinsiy a’zosining normadagi uzunligi qancha bo‘lishi kerak?
Savol: O‘g‘limizni jinsiy a’zosi boshqa o‘g‘il bola tengqurlariga nisbatan kichikdek tuyuladi. Jinsiy a’zoning normadagi uzunligi qancha bo’lishi kerak?
Androlog javobi:
Jinsiy a’zosi kichikdek tuyilishining tibbiy atalishi mikro penis deyiladi. Vahimaga hojat yo‘q. O‘lchab ko‘rmasdan qaror qabul qilish tog‘ri emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 2smdan kichik bo‘lishi mikro penis diagnozini qo‘yishimizga asos bo‘ladi. O‘lchashni albatta shifokor o‘tqazgani ma’qul. Yoshga mos jadvali quyidagicha:
Yoshi... Normal holatda o‘rtacha penis bo‘yi tortilgan holatda o‘rtacha penis bo‘yi!
0-28 kun3.2 sm3.5 sm
1-5 oy3.7 sm4.0 sm
6-12 oy3.9 sm4.2 sm
1-2 yosh4.3 sm4.7 sm
2-3 yosh4.8 sm5.0 sm
3-4 yosh5.1 sm5.5 sm
4-5 yosh5.3 sm5.7 sm
5-6 yosh5.6 sm6.0 sm
6-7 yosh5.7 sm6.1 sm
7-8 yosh5.9 sm6.2 sm
8-10 yosh5.7 sm6.2 sm
10-11 yosh6.3 sm6.9 sm
11-12 yosh7.6 sm8.5 sm
Voyaga yetganlarda8,5 sm9.3 sm
Penis kichikligini «Ko‘milgan penis» yoki «yashiringan» penisdan ajratish kerak bo‘ladi, buningchun pediatr yoki androlog tekshiruvi kerak bo‘ladi.
© Dr. Zarifjon Murodov.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
✔️ Простата бези аденомаси - бу безнинг хавфсиз ўсимтаси ҳисобланади.
🔸Эркак киши ёши қанчалик катта бўлса, унда бу касаллик кузатилиш эҳтимоли катта. Сабаби ёш катталашган сари гормонлар миқдори ўзгариб боради.
✅ Белгилари: бовул (бавл) қилишга узоқ вақт сарфлаш, бовулнинг ингичкалиги, бовулдан кейин қовуқ тўлиқ бўшамагани ҳисси, кечаси ҳожатга кўп қатнаш.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
2) Pompadan keyin olat nega ko'karib ketib og'riq bo'ldi?
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
Pivo spirtli ichimligining erkak va ayol orgsnizmiga ta'siri.
Pivoda ayollik gormonlaridan biri bo'lgan fitoestrogenlar miqdori juda yuqori hisoblanadi.
Doimiy iste'mol qilish nimg oqibatlari erkak kishi uchun shulardan iborat📌
🔸Erkak kishida ayollik gormonlari ko'payib ketganligi sababli jinsiy quvvat pastligi, farzandsizlik yuzaga keladi.
🔹Erkak kishi qomati ayol qomatiga o'xshab ko'kraklari kattalashib ketadi, sellulitlar yuzaga keladi.
🔸Erkak kishi qorni kattalashib ketadi
🔹Yurak qon tomir kasalliklari yuzaga kela boshlaydi.
Ayol organizmiga ta'siri📌
🔸Fitoestrogen miqdori ko'payib ketishi natijasida ayol kishining tabiiy estrogen gormonlari kamayib ketadi, agressiv bo'lib qoladi va farzand ko'rish qobiliyati yo'qoladi.
🔹Agarda xomilador bo'lgan taqdirda ham bo'lajak farzand nuqsonlar bilan tug'ilish ehtimolligi oshadi.
Bu o'zgarishlar asta sekin yuqoridagi asoratlarga olib keladi va bemorning hayot tarzi buzilishi sodir bo'ladi.
©Doctor Allayorov
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
Bolaning yoshi ahamiyatga ega
3 yoshgacha: bola butun tanasi va undagi a’zolarni yaxshilab o‘rganishni istaydi. Jinsiy a’zolarga teginish bu vaqtda qiziqish ustunligidan ro‘y beradi.
5 yoshdan keyin: bola o‘z jinsiy a’zosiga teginsa yoqimli hissiyotni tuyayotganini anglaydi. Shuning uchun qo‘lini ishtonining ichiga ko‘p kirgizaveradi.
5 – 7 yosh: bu vaqtga kelib ishtonini tortib qo‘yish yoki uning ichiga qo‘lini kirgazish kattalar tomonidan qattiq qoralanishini tushunadi. Lekin ba’zan berkinib jinsiy a’zosiga teginib qo‘yishi ham mumkin.
7-12 yosh: bolaga ota-onasi tomonidan masturbatsiya bilan shug‘ullanish yomon ish ekanligini tushuntirilmagan bo‘lsa-da, bu vaqtga kelib o‘zi ham bu ishning uyatli ekanligini tushunadi. Imkon qadar “aqlli” bola bo‘lishga, hamma uni maqtashi uchun harakat qila boshlaydi. Shu sababli u kattalar tomonidan qoralanishi mumkin bo‘lgan ishlardan o‘zini butunlay tortadi.
13 yoshdan keyin: balog‘at ostonasida turgan bola uyatli ishga qayta yoki birinchi marta qo‘l urishi ehtimoli ortadi. Endi u parda ortidagi kattalar hayotiga bo‘lgan qiziqishini jilovlay olmasligi ham mumkin. O‘zini qiziqtirgan savollarga javob izlaydi. Ayrim eshitganlarini o‘zidan sinab ko‘rishga chog‘lanadi. Bu vaqtda bola keraksiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan miyasini “achitmasligi” va chalg‘itmasligi uchun unga ota-onaning ko‘magi va e’tibori zarur.
Mutaxassisimiz: Zarifjon MURODOV, urolog-androlog.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
1.5°-2° daraja pastroq bo'ladi. Agar harorat tananing boshqa qismlari bilan bir xil iliqlikda bo'lsa spermatazoidlar yashab ketish ehtimoli yo'qoladi
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
Biz sizga ushbu muammoning baʼzi sabablarini aytib oʻtamiz. Siz esa shular orqali munosabatlaringizni yaxshilashga harakat qiling.
— Ayol dam ololmaydi va faqat erkakning zavqi haqida o'ylaydi. Bu turdagi ayollar uchun erkakning tezroq orgazm olishi muhim va ular faqat shunga e'tibor berishadi.
— Ayol orgazmdan qo'rqadi. U g'alati, xunuk yoki noqulay ko'rinishga ega bo'lib qolaman deb o'ylaydi va bundan uyaladi.
— Orgazmga erishish uchun ayol hech narsa qilmaydi. Oʻz tanasini tanimaydi, faqat tasodifga ishonadi va balki orgazm olarman deb umid qiladi.
— Erkak ayolga zavq bag'ishlash uchun hech narsa qilmaydi. Faqat oʻzi haqida oʻylaydi va ayolining istagi haqida qayg'urmaydi.
— Erkak aloqa vaqtida tempni ushlab turolmaydi va ayol endi orgazm olaman deganida aloqani toʻxtatadi yoki boshqa pozaga oʻtib ketadi.
Yuqoridagi har bir sabab ayollar uchun muhimdir. Shu sababli aloqa vaqtida bularni hisobga olishingiz kerak.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
Эрта тонгда кетмон чопишнинг фойдалари
Шунинг учун ота-боболаримиз биздан кўра анча бақувват ва тетик бўлишган.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
Eng quvonarlisi 3 oylik muolajalardan söng natija böldi!🤰🏻❤️
📞Qabulga yoziliş uchun:
+998(91)440-12-34
+998(88)110-12-34
📍Manzil: Qo‘qon şahar, Yangi hayot 56/4
Mo’ljal: Içki işlar idorasini orqasi
Ijtimoiy sahifalarimizga obuna böling 👇
Instagram | Telegram | YouTube
Varikotsele klinik ko’rinishlarining intensivligi venalarning kengayish darajasiga bog’liq. Kasallikning 0 va 1 bosqichida varikotsele belgilari kuzatilmaydi. Venalarning varikoz kengayishi, odatda, profilaktik tekshiruv vaqtida aniqlanadi.
Varikotselening 2-bosqichida bemorlar yorg’oq sohasidagi og’riqdan shikoyat qiladi. Og’riqning intensivligi sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Bir qator bemorlar faqat yurish vaqtidagi noqulaylik haqida gapirsa, ayrim bemorlarda nevralgik tabiatli og’riqqa o’xshash keskin og’riqlar kuzatiladi. Yorg’oq sohasida ter ajralishi kuchayishi, achish hissi kuzatilishi mumkin. Varikoseleli ko’plab bemorlar jinsiy funktsiya buzilishidan shikoyat qiladi. Jismoniy tekshiruv vaqtida moyakning pastki qutbi va undah ham pastga ketuvchi venalarning kengayishi kuzatiladi. Shikastlangan tarafdagi moyak pastga tushib, assimmetriya va yorg’oq yarmini osilib qolishiga sabab bo’ladi.
Varikoselening uchinchi bosqichida og’riqlar va jismoniy faollik o’rtasidagi bog’liqlik yo’qoladi. Og’riq doimiy bo’lib qoladi, bemorni dam olish va tunlari ham bezovta qiladi. Tashqi ko’rikda ko’plab vena shingillari aniqlanadi. Yorg’oq kattalashadi, uning assimmetriyasi yanada sezilarliroq bo’ladi.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
Bepushtlikka olib keluvchi tashqi faktorlar
Spirtli ichimliklar ko‘p ichish;
Chekish;
Narkotik vositalar;
Ekologiya;
Pestitsidlar ta’siri;
Ayrim mineral va vitaminlar yetishmasligi;
Issiq dush, saunalarda ko‘p vaqt bo‘lish, organizmning isib ketishi;
Haddan ortiq jismoniy zo‘riqish;
Zaharli bug‘, og‘ir metallar bilan surunkali zaharlanish;
Ionlashtiruvchi nurlar qabul qilish.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
So‘ngi paytlarda shahsiy sahifamizga sildenafil qanday dori degan savollar ko‘p kelyabdi, shuni inobatga olib bugun sildenafil sitrat halq orasida viagra nomi bilan taniqli bo‘lgan preparat haqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Viagra (Sildenafil sitrat) haqida.
Foyda:
Ha, bunday dorilar jinsiy quvvatni vaqtinchalik oshirib erkak jinsiy a'zosini qattiqroq erektsiyasi (turishini) ta'minlaydi. Natijada siz o'z jinsiy quvvatingizni 3-5 martta oshirasiz. Bu esa Jinsiy aloqadan yorqinroq qoniqish olishingizga yordam beradi. Bunday - erektil disfunktsiyasi mavjud bemorlarga tavsiya etiladi.
Zarar:
Bu turdagi dori vositalari psixologik organishga olib keladi. Ya'ni siz keragidan ortiq dorilar yordamiga suyansangiz, tabiiy quvvatingiz bloklanib qoladi. Natijada dorisiz ishingiz bitmaydi. Viagara deb- ko'cha kuydan olayotgan dorilar sperma sifatini buzadi, jigarni zararlaydi, rak kelitirib chiqaradi, yurakka zarari tegib toxtashiga olib keladi, o'limga sabab boladi. Agar sizda jinsiy quvvat past bo'lsa ham dori qabul qilishga shoshmang...
Qisqacha ma’lumot:
Viagra, 1998-yili Amerika Qo'shma Shtatlari FDA (Food and Drug Adminstration) tomonidan tasdiqlanib bozorga qo'yildi. Yurak kasalliklarini davolash uchun, tavsiya qilingan nojoya ta'siri sifatida erektsiya kuzatilgan dastlab. Jinsiy quvvatsizlik, bu noqulayliklar uchun Viagradan foydalanish tavsiya qilingan, jinsiy aloqani erkak hayotida juda katta ahamiyati bor. Viagra aloqadan, bir soat oldin olinishi lozim, bu dori - jinsiy quvvatsizlikni bazi turlaridagina foydali boladi xolos. Viagra, dori vositasining 25, 50 va 100 mg dozalari dorixonalarda mavjud, eslatib o’tamiz bu dori vositasini shifokor maslahatisiz ist’emol qilish sog’liq uchun juda katta zarar.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
Bilim darajani qanday oshirish mumkin ?
• Bilim darajasini oshirishning eng yaxshi usuli - bu yangi faoliyat bilan shug'ullanish,
• Shuningdek - turli matnlarni yodlash,
• Mantiqiy va matematik masalalarni yechish,
• Chet tillarini o'rganish foydali bo'ladi.
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
Yarim soatlik o'rta holatdagi jinsiy aloqa paytida, 144 Kkal energiya sarflanadi.
P.S. Озиш мақсадида фалон пул тўлаб фитнесга залларга борябсизда уйда бепул оздирувчи дори, мураббий бутун бошли бир фитнес зал турганда 😉
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎