Home › Groups › AHOLI SALOMATLIGINI TAHLIL QILISH ILMIY-TADQIQOT MARKAZI
AHOLI SALOMATLIGINI TAHLIL QILISH ILMIY-TADQIQOT MARKAZI Telegram
Telegram Channel
✈ Telegram Channel 🌐 Public

AHOLI SALOMATLIGINI TAHLIL QILISH ILMIY-TADQIQOT MARKAZI - Telegram Channel

Open ↗
★★★★★ 0.0 (0 ratings)
👁 6 views ↗ 1 joins ★ 0.00 (0)
About this telegram channel
Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazining rasmiy telegram kanali ==================================== ☎️ +998(78)147-04-44 📠 +998(78)150-84-02 📧 info@sttm.uz 🔗 https://sttm.uz
Telegram Channel

Recent public posts from this Telegram channel.

3.5K Subscribers
31 Oct 2026 Latest post
Click here to fetch the latest public posts from Telegram.
#Vazir_kubogi
🟡🟦🟦🟦

❗️“Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi”ning final bosqichiga start berildi

🏆 Bugun O‘zbekiston milliy futbol markazida tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o‘rtasida “Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi — 2026” sport musobaqalarining final bosqichi boshlandi.

🔵 Prezidentimizning 2020-yil 30-oktyabrdagi tegishli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmalari respublika kengashining qo‘shma qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur bellashuvlarda qatnashchilar mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha o‘zaro bahs olib bormoqda.

🕒Tibbiyot xodimlari kuni arafasida o‘tkazilayotgan musobaqalardan ko‘zlangan maqsad soha vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat.

⚽️ Hal qiluvchi bahslarda hududiy saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar o‘zaro kuch sinashmoqda.

🏓Ikki kun davom etadigan turnirda ishtirokchilar nafaqat jismoniy mahoratini, balki jamoaviy birdamlik, chaqqonlik, tezkor fikrlash va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini ham namoyon etadi.

🥇 Ertaga har bir sport turi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram🌐 Linkedin

Urganch shahrida "Salomatlik marafoni" doirasida keng ko‘lamli tibbiy ko‘riklar va tibbiy-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.  To’liq “Xorazm 24” dasturi orqali tomosha qiling.
https://t.me/salomatliksaboqlari_urganch
🔴 ‼️‼️‼️

🫀Маълумотларга кўра, бугун дунёда қайд этилаётган ўлим ва ногиронлик ҳолатларининг катта қисми инфаркт ҳамда инсульт касалликлари ва уларнинг асоратлари ҳиссасига тўғри келади.

🍔 Кўпинча бу касалликлар сездирмай бошланади. Айниқса, ортиқча вазн, камҳаракатлик, нотўғри овқатланиш ва зарарли одатлар (чекиш, алкоголь) инфаркт ҳамда инсульт хавфини бир неча баробар оширади.

🏃🏻 Аммо бунинг олдини олиш мумкин. Кунига 30 дақиқа жисмоний ҳаракат, соғлом овқатланиш ва мунтазам тиббий текширув юрагингизни дарддан ҳимоя қилади.

📹 Соғлиқни сақлаш вазирлиги ва Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази ҳамкорлигида тайёрланган видеоролик сизни сергакликка чорласа, ажаб эмас.

🚑  Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.

🔵@ssvuz|🔵@ssvmatbuotkotibi|👥Facebook | 📷Instagram
➕ Biz sogʻlom turmush tarziga amal qilamiz” video roliklar tanlovi boshlandi❗️

📣 Siz va oilangiz sogʻlom turmush tarziga amal qilasizmi?

🎮 Sport bilan shugʻullanasizmi, toʻgʻri ovqatlanasizmi yoki boshqalarga foydali odatlarni ulashishni xohlaysizmi? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun!

👍 Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida “Biz sogʻlom turmush tarziga amal qilamiz” mavzusida videolavhalar (rolik,qisqa video reels) tanlovini eʼlon qiladi.

🎯 Tanlov maqsadi:
✅ Sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish
✅ Oilalarda jismoniy faollik va toʻgʻri ovqatlanishni targʻib qilish
✅ Tamaki va alkogolga qarshi sogʻlom qarashlarni shakllantirish
✅ Yosh avlodga ijobiy namuna koʻrsatish
✅ Kreativ va foydali videokontentlarni qoʻllab-quvvatlash

🎼 Videolarga talablar:

1️⃣ Davomiyligi: 30 soniyadan 3 daqiqagacha

2️⃣ Format: videorolik /qisqa video reels

3️⃣ Mavzuga mos va original boʻlishi

4️⃣ Mualliflik huquqini buzmasligi;

✅ Telegram, 🌐 Instagram, 📹YouTube va boshqa platformalarda joylashtirilishingiz kerak;

✅ Kimlar qatnashishi mumkin?

🇺🇿Oʻzbekistonning barcha fuqarolari!

💭 Yakka tartibda yoki oila / mahalla jamoasi bilan ishtirok etishingiz mumkin.

📊 Nominatsiyalar:
Eng yaxshi oilaviy videorolik
Eng kreativ yondashuv
Eng quvnoq / kulgili qisqa video reels
Eng faol ishtirokchi oila
Bugungi kun uchun eng dolzarb chaqiriq
Eng yoqimtoy ishtirokchi

📌 Muhim sanalar:

Ishlarni qabul qilish: 2026-yil 25-sentabr — 10-noyabr.

❌✔️ Baholash: 11-noyabr — 1-dekabr

🏆 Taqdirlash: 2026-yil dekabr

🖥 Hujjatlarni yuborish uchun:
Ijodiy ish (video)
Pasport nusxasi
Qayta bogʻlanish maʼlumotlari

📧 Email: isalomatlik@gmail.com

✔️Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat poydevori!

🇺🇿 Aziz yurtdoshlar, tanlovda faol ishtirok eting va sogʻlom hayot tarzi elchilariga aylaning!

👍 Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati

✅Telegram ✅Facebook  🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
Telegram post image
3 Ish vaqtida o'tirgan holatda mashqlar to'plami
2 Ish vaqtida o'tirgan holatda mashqlar to'plami
1 Ish vaqtida o'tirgan holatda mashqlar to'plami
➕ Toshkentda «Kasalliklar global yuklamasi» (GBD) bo‘yicha xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi❗️

🖥 21-22 сентябр кунлари Toshkent shahrida «Kasalliklar global yuklamasi» (Global Burden of Disease - GBD) tadqiqotining metodologiyasi va amaliy qo‘llanilishiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy seminar o‘tkazildi. Tadbir Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etildi.

⌛Asosiy tafsilotlar:

🌐 GBD tadqiqoti asoschilaridan biri, Vashington universiteti huzuridagi Salomatlik ko‘rsatkichlari va baholash instituti (IHME) direktori, professor Mohsen Naghavi hamda uning hamkasblari Sara Dillard va Sergey Soshnikov seminarda ma'ruzachi sifatida ishtirok etishdi.

🕯 Ishtirokchilar DALY, YLL, YLD va HALE ko‘rsatkichlari hamda GBD Compare platformasi yordamida 180 ta nozologiya va 80 ta xavf omilini tahlil qilish metodologiyasini o‘zlashtirishdi.

💭 Tadbirda O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot muassasalaridan 20 dan ortiq mutaxassislar oflayn hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning GBD kollaboratorlari onlayn rejimda qatnashdilar.

📌 Seminarning maqsadi — aholi salomatligi koʻrsatkichlarini tizimli tahlil qilish, xavf omillarini oʻrganish va ilmiy asoslangan prognozlarni tayyorlash uchun milliy ekspertlar va tahlilchilar jamoasini shakllantirishdir.

👍 Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati

✅Telegram ✅Facebook  🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
🌿 Stress va ortiqcha asabiylikni tabiiy yo'llar bilan yengish ❗️

Inson salomatligi — uning eng buyuk boyligidir. Sog'lom turmush tarziga amal qilish, kundalik hayotda to'g'ri mezonlarga tayanish va muvozanatli ovqatlanish tartibiga rioya etish har bir inson organizmining mustahkam bo'lishiga xizmat qiladi.

O'z salomatligingizga har kuni vaqt ajrating, ko'proq piyoda yuring va tabiiy ne'matlardan unumli foydalaning. Sog'lom hayot sari bugundan qadam qo'ying!

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
🦅 Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi
© 2026 Barcha huquqlar himoyalangan.
Telegram post image
🌿 Surunkali kasalliklarning oldini olish va profilaktika choralari ❗️

Inson salomatligi — uning eng buyuk boyligidir. Sog'lom turmush tarziga amal qilish, kundalik hayotda to'g'ri mezonlarga tayanish va muvozanatli ovqatlanish tartibiga rioya etish har bir inson organizmining mustahkam bo'lishiga xizmat qiladi.

O'z salomatligingizga har kuni vaqt ajrating, ko'proq piyoda yuring va tabiiy ne'matlardan unumli foydalaning. Sog'lom hayot sari bugundan qadam qo'ying!

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
🦅 Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi
© 2026 Barcha huquqlar himoyalangan.
Telegram post image
#ommaviytashabbus #byurokratiyanibartarafetish2030

🌍Byurokratiyaga qarshi kurashda sizning ovozingiz muhim!

“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” ommaviy tashabbusi amalga oshirilmoqda.

Maqsad — fuqarolar va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari asosida ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish.

Sizni charchatgan ortiqcha hujjat yoki cho'zilgan jarayon bormi? Bizga xabar bering — har bir muammo o'zgarish uchun imkoniyatdir.

🚀 O'z takliflaringiz bilan islohotlarga hissa qo'shing.

murojaat.byurokratiyasiz2030.uz
Telegram post image
ommaviytashabbus #byurokratiyanibartarafetish2030

🌍Byurokratiyaga qarshi kurashda sizning ovozingiz muhim!

“Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” ommaviy tashabbusi amalga oshirilmoqda.

Maqsad — fuqarolar va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari asosida ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish.

Sizni charchatgan ortiqcha hujjat yoki cho'zilgan jarayon bormi? Bizga xabar bering — har bir muammo o'zgarish uchun imkoniyatdir.

🚀 O'z takliflaringiz bilan islohotlarga hissa qo'shing.

murojaat.byurokratiyasiz2030.uz
Telegram Channel Details
Language Tamil
Type Telegram Channel
Subscribers 3.5K
Rate this listing

How would you rate this community?