Home › Groups › Chortoq tuman Sogʻliqni saqlash boʻlimi.
Chortoq tuman Sogʻliqni saqlash boʻlimi. Telegram
Telegram Channel
✈ Telegram Channel 🌐 Public

Chortoq tuman Sogʻliqni saqlash boʻlimi. - Telegram Channel

Open ↗
★★★★★ 0.0 (0 ratings)
👁 6 views ↗ 1 joins ★ 0.00 (0)
About this telegram channel
Namangan viloyati Chortoq tuman Sogʻliqni saqlash boʻlimi Davlat muassasasining rasmiy kanali. Manzil: 161000, Namangan viloyati, Chortoq tumani, Zafar Diyor MFY, 5-uy.
Telegram Channel

Recent public posts from this Telegram channel.

3.3K Subscribers
30 Oct 2026 Latest post
Click here to fetch the latest public posts from Telegram.
БЕМОРЛАР САЛОМАТЛИГИ ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА

📲Каналга обуна бўлинг
👉 @chortoqttb_uz
БЕМОРЛАР САЛОМАТЛИГИ ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА

Чортоқ туман соғлиқни сақлаш бўлимига қарашли 4-сонли оилавий поликлиника шифокорлари томонидан Дилдош маҳалласида хонадонбай тиббий кўриклар ташкил этилди.

Тиббий кўрик доирасида 4-гуруҳ ногиронлиги бўлган беморлар ҳамда доимий тиббий назоратга муҳтож фуқароларнинг хонадонларига борилиб, уларнинг саломатлик ҳолати атрофлича ўрганилди.

Кўрик давомида аҳолига инфаркт ва инсультнинг дастлабки белгилари, ушбу касалликларнинг олдини олиш чоралари, соғлом турмуш тарзига риоя қилиш ва тўғри овқатланиш юзасидан профилактик тушунтиришлар берилди.

Шунингдек, беморларга жойида электрокардиография (ЭКГ) текшируви ўтказилиб, саломатлик кўрсаткичлари баҳоланди. Зарур ҳолатларда имтиёзли йўлланмалар асосида стационар шароитда даволаниш бўйича тавсия ва кўрсатмалар берилди.

📲Каналга обуна бўлинг
👉 @chortoqttb_uz
Telegram post image
https://www.instagram.com/stories/chortoqliklarbugun/4019193855508276593?utm_source=ig_story_item_share&exln=MTMwaXdxZnRlNjM4ZA==

📲Каналга обуна бўлинг
👉 @chortoqttb_uz
Telegram post image
😎😎😎😎😎😎

#2026_йил_1_ноябрдан

💰 Қонунчиликка кўра, меҳнат шароити зарарли ва оғир ишларда банд бўлган ҳамда бошқа умумий белгиланган ёшни қисқартирган ҳолда пенсия олиш ҳуқуқи мавжуд шахсларга имтиёзли шартларда пенсия тайинлаш:

➖ фуқароларнинг хоҳишига кўра, Давлат хизматлари марказлари ёки ЯИДХП (my.gov.uz) орқали уларнинг мурожаатларига асосан интерактив шаклда кўрсатилади.

📲Каналга обуна бўлинг
👉 @chortoqttb_uz
Telegram post image
Oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan tibbiy brigadaning umumiy amaliyot hamshiralarining vazifalari nimalardan iborat?

✅BATAFSIL VIDEOLAVHAMIZDA TANISHING!

Yaqinlaringizga ham yuborib qo'ying.
📲Kanalimizga obuna bo'ling
👉 @chortoqttb_uz
🔴🟦🟦🟦🟦🟦

❗️“Tibbiyot fidoyisi” tanlovi: 30 million so‘mdan 500 million so‘mgacha mukofotni qo‘lga kiriting!

👨‍⚕️ Bemorlaringiz sizga ishonch bilan qaraydimi? Kechalari uxlamay navbatchilik qilasizmi? Kasbingizni sevasizmi? Bemorlaringiz sog‘ayganida ich-ichingizdan quvonib ketasizmi? Unda bu tanlov aynan siz uchun!

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovini o‘tkazmoqda.

🏅 Unda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishingiz mumkin:

⬇️ Respublika darajasida
 🔴“Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”;
🟢“Eng yaxshi hududiy sog‘liqni saqlash organi rahbari”;
🔵“Eng yaxshi respublika yosh shifokori” (31 yoshgacha) nominatsiyalari.
 
⬇️ Har bir hududda
 🔴“Eng yaxshi tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organi rahbari”;
🟢“Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”;
🔵“Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori”;
🟡“Eng yaxshi tuman (shahar) o‘rta tibbiyot xodimi”;
🔴“Eng yaxshi oilaviy poliklinika”;
🟢“Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi”;
🔵“Eng yaxshi hududiy shifoxona” nominatsiyalari.

❗️Ishtirok etishga arziydi!
G‘oliblar jamoatchilik, hamkasblar va profil tibbiy assotsiatsiyalar bahosi asosida — adolatli va shaffof tarzda aniqlanadi. Avtomatlashtirilgan tizim soxta ovozlarning oldini oladi.

📌 Mukofot miqdori katta:
📎 tibbiyot muassasalariga — 500 million so‘mdan;
📎 tibbiyot xodimlariga — 30 million so‘mdan.

📆 Ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish muddati — 31-oktabrga qadar. G‘oliblar Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni arafasida taqdirlanadi.

🖥 Sizning mehnatingiz, tajribangiz va bemorlarga bo‘lgan mehr va g‘amxo‘rligingiz endi munosib bahosini topadi.

📝 Hurmatli tibbiyot xodimlari, hoziroq ushbu ilovalar orqali ro‘yxatdan o‘ting:
Android uchun:
OVI PRO
iPhone uchun:
OVI PRO

📊 Shuningdek, bu platformada qancha ovoz to‘plaganingiz, reytingdagi o‘rningiz va boshqa ishtirokchilarning natijalarini ko‘rib turishingiz mumkin:
https://tanlov.ovi.uz

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
📞 +998 78 150 88 56
📍 @tibbiyotfidoyisi

👨‍⚕️ Hamkasblaringizni ham tanlovda ishtirok etishga taklif qilishni unutmang!

🚑  SSV Matbuot xizmati.

🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Telegram post image
NAMANGANDA ILK BOR JIGAR TRANSPLANTATSIYASI AMALGA OSHIRILDI

Namangan viloyatida ilk bor jigar ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarilmoqda

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filialida Milliy tibbiyot markazi transplantologiya bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari doktori A’zamjon Babajonov boshchiligidagi shifokorlar guruhi tomonidan operatsiya o‘tkazilmoqda

Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 40 yoshli bemorga jigar sirrozining dekompensatsiya bosqichi tashxisi qo‘yilgan edi. Bemorning singlisi jigari bir qismini donor sifatida berishga rozi bo‘ldi.

Murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. Operatsiya xarajatlari «Vaqf» fondi mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplandi va bemor uchun bepul amalga oshirildi.

Mazkur amaliyot Namangan viloyatida yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

📲Каналга обуна бўлинг
👉 @chortoqttb_uz
Telegram post image
Чортоқ туман соғлиқни сақлаш бўлими ахборот хизмати томонидан берилган маълумот канал юритувчиларига етиб борибди.

Тестлар деб ўзгартирилибди.

Шу ўринда — туман соғлиқни сақлаш бўлими Давлат муассасасига тегишли телеграм канали ПҚ 4366 сонли қарорни амалдаги ижросини таъминлаш борасида фаолиятини йўлга қўйган.

📲Каналга обуна бўлинг
👉 @chortoqttb_uz
Telegram post image
#Диққат #Тарқатинг

Чортоқ туман соғлиқни сақлаш бўлими ахборот хизмати шуни маълум қиладики:
Телеграмм ижтимоий тармоқлари орқали Чортоқ туман соғлиқни сақлаш бўлими номи остида юритилаётган ушбу канал Файк канал бўлиб , айни вақтда туман соғлиқни сақлаш бўлими Давлат муассасасига алоқадор эмас.

Туман тиббиётига алоқадор расмий ва тасдикланган ахборотларни телеграмдаги 👉 @chortoqttb_uz каналидан олишни унутманг.

✅Сохта каналларга ишониб қолманг!

❇️Туман соғлиқни сақлаш бўлими ахборот хизмати.
📲Каналга обуна бўлинг
👉 @chortoqttb_uz
Telegram post image
#ДИҚҚАТ #ТАРҚАТИНГ

❗️Ўзбекистон Республикаси Олий суди томонидан интернет жаҳон тармоғидаги диний экстремистик,
террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон Республикасининг ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манбаа ва контентлар (материаллар)
РЎЙХАТИ

📲Каналга обуна бўлинг
👉 @chortoqttb_uz
Telegram post image
Telegram Channel Details
Language Tamil
Type Telegram Channel
Subscribers 3.3K
Rate this listing

How would you rate this community?